Mergan talabamiz Osiyo chempionatini kumush medal bilan boshladi.
Shu kunlarda Qozog'istonning Chimkent shahrida o'q otish sporti turlari bo'yicha yoshlar va kattalar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda. Dunyoning 29 mamlakatidan 700 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etayotgan musobaqaning ilk kunidayoq O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi I. Obidjonov Yoshlar o'rtasida kechgan 10 metrdan pnevmatik to'pponchadan otish dasturida kumush medalga sazovor bo‘ldi.