Soʻngi vaqtlarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida xorijiy davlatlar bilan aloqalar mustahkamlanib, sohani rivojlantirish boʻyicha qator samarali ishlar olib borilmoqda.
Xususan, joriy yilning 10-avgustdan 31-avgustga qadar Xitoyning Jinan shahrida T. N Mengziyoyev boshchiligidagi ikki nafar talabalarimiz oʻzaro tajriba almashish maqsadida mehmonda boʻlib turishibdi.
Eʼtiborlisi, dotsent T.Mengziyoyev Xitoy murabbiylari bilan birgalikda sportchilarga mashg’ulotlarni birgalikda o’tishmoqda. Shuningdek jamoa safida Parij 2024 Olimpiada sovrindori 68 kg vazn toifasida bronza medal sohibi Yushuai Liang va ko’plab katta musobaqalar g’oliblari ishtirok etishmoqda.
Bundan tashqari, dotsentimiz T. Mengziyoyev Xitoy tajribasini puxta o’rganib O’zDJTSU talabalariga dars davomida yetkazish uchun Xitoy sportini samarali usullari ustida izlanish olib bormoqda