Butunjahon yozgi Universiadasining beshinchi kungi bellashuvlarida talabamiz, milliy terma jamoaning +87 kg vazn toifasidagi vakili Marat Mavlonov sovrindorlar qatoridan joy oldi. U dastlabki bosqichda malayziyalik Muhammad Luqman Hakimni 2:0, chorak finalda Ozarbayjon vakili Hamidreza Badrialiabadini 2:1, yarim final bosqichida esa ukrain sportchisi Andrey Xarbarni 2:0 hisobida taslim etganini ma'lum qilgandik. Musobaqaning hal qiluvchi bellashuvida Marat Koreya Respublikasi termasi a'zosi Kang Sanghyun bilan bahs olib bordi. Shiddatli ruhda kechgan bellashuvning ilk raundi Maratning foydasiga yakunlandi, biroq keyingi ikki raund biz uchun omadsiz kechdi.
Shunga qaramay, Mavlonov terma jamoamiz uchun ilk kumush medalini taqdim etdi.
🎉Barakalla Marat!