2025/2026-o‘quv yili uchun ko‘zi ojiz abituriyentlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlar qabul qilinmoqda
🔺Bugun 22-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq 2025/2026-o‘quv yili uchun ko‘zi ojiz abituriyentlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlar qabul qilinmoqda.
⏺Ko‘zi ojiz abituriyentlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlar komissiya a’zolari tomonidan qonuniylik, xolislik va ochiqlik tamoyillariga qat’iy rioya qilingan holda qabul qilinmoqda.