#sportda_dual_ta’lim
✅Ma’lumki, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan so‘nggi vaqtlarda sport ta’limi sohasida amaliy va nazariy bilimlarini integratsiya qilish maqsadida dual ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilgan.
🚴♀️🔫🏃Jumladan, 2025-yil 25-aprel kuni universitetning Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, Toshkent viloyati IBOSM hamda "VATANPARVAR'' tashkiloti Toshkent viloyati kengashi bilan hamkorlikda velosport, triatlon va biatlon yo‘nalishlari talabalari va sportchi-o‘quvchilari uchun professor-o‘qituvchilar va tajribali murabbiylar tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.
✔️Unda sportchi-o‘quvchilar va talabalarga o‘z sport yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va koʻnikmalarini oshirish hamda bo‘lajak musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan zaruriy ma’lumotlar berilib, ushbu ko‘rsatmalar amaliy mashg‘ulotlar bilan yanada mustahkamlandi.