#Rektor_kubogi
📆2025-yil 27-mart kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talaba-yoshlar oʻrtasida Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalar o'rtasida “Navro'z” umumxalq bayrami munosabati bilan erkin kurash bo'yicha "Rektor kubogi" musobaqasi oʻtkazildi.
✅Musobaqa universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Mirzanov tomonidan ochib berilib, unda kafedra masʼullari, professor-oʻqituvchilar, murabbiylar va ishtirokchi jamoalar qatnashdi.
📍Taʼkidlash kerakki, 200 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashgan mazkur musobaqada universitet talabalaridan tashqari Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitet va Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchi talabalari ham faol ishtirok etdi.
Mazkur musobaqa o’z navbatida yangi iqtidor egalarini kashf etish orqali erkin kurash boʻyicha universitet terma jamoasini shakllantirishga xizmat qildi.
🏆Yakunda gʻoliblarga diplom hamda medallar shuningdek, musobaqani tashkil etish va oʻtkazishda jonbozlik koʻrsatgan kafedra oʻqituvchilariga tashakkurnomalar topshirildi.