#talaba_yutuqlari
Singapurda bo‘lib o‘tgan suv polosi boʻyicha U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston qizlar jamoasi musobaqa yakunida bronza medaliga ega chiqdi.
✅Quvonarlisi, terma jamoa tarkibida ishtirok etgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari Xilola Yusupova hamda Polina Fomichive ham ushbu chempionatdagi g‘alabaga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.
📍Ma’lumot o‘rnida, qiziqarli bahslar yakunida Xitoy yoshlari oltin, Qozogʻiston vakillari esa kumush medallari bilan taqdirlandi.