#universitet_hayotidan #Student's_week
✅Universitet talabalari orasida milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat hissini oshirish va ommaviy sport turlariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish maqsadida bo‘lib o‘tayotgan "Student's week" loyihasi qizg‘in pallaga kirdi.
✔️Tobora o‘z safini kengaytirib borayotgan ushbu loyihada talabalar ishtirokida turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, loyiha doirasida bilimdon talabalar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini, kitobxon yoshlar bilan 📚"Kitobxon yoshlar-millat kelajagi" tanlovi oʻtkazilib, unda talabalar adabiyotga oid savollarga javob berdi va “Men sevgan asar” mavzusida o‘z fikrlarini bayon etdilar.
⚽️Shuningdek, ommaviy sport turlariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida futbol sport turidan musobaqa tashkil etilib, unda talabalar jamoalarga bo‘lingan holda o‘zaro qizg‘in bahs olib bordilar.