#ZAKOVAT
✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida shiddatli bahslarga boy tarzda davom etayotgan “Zakovat” turnirining 5-mavsumi saralash bosqichi jamoalar uchun yanada qiziqarli va murosasiz bahslarga boy bo‘lib bormoqda.
👬👫40 ga yaqin jamoalar o‘rtasida boshlangan mazkur bilimdonlar bellashuvining saralash bosqichidagi uchinchi o‘yinida ham jamoalar berilgan savollarga faollik bilan javob berib, har biri yuqori ballarni egalladilar.
📍Eslatib o‘tamiz, “Zakovat” turniriga oliygoh Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti raisi Sardor Eshpolatov koordinatorlik qilmoqda.
✅Mavsumdagi kutilgan va kutilmagan qizg‘in bahslar hali oldinda. Shunday ekan bizni kuzatishda davom eting.