#O‘zbekiston_chempionati
#kamondan_otish
🏹Bugun O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kamondan otish sport turi bo'yicha barcha yosh toifalarida O'zbekiston chempionatiga start berildi.
✅Dastavval, musobaqaning ochilish marosimi o‘tkazilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyati, Toshkent viloyati sport boshqarmasi vakillari, hakamlar hay’ati, murabbiylar hamda sportchilar ishtirok etdi.
✔️Aytish joizki, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 300 nafardan ortiq sportchilar o‘rtasida medallar uchun kurash boshlangan ushbu chempionatda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining kamondan otish yo‘nalishdagi talabalari ham musobaqani samarali tashkil etish va o‘tkazishda faol qatnashmoqda.
📌Ma’lumot o‘rnida, Yurtimizda ushbu sport turiga berilayotgan katta e'tibor tufayli 2024-yil Parij shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlarida mamlakatimiz tarixida ilk bor sportchilarimiz KAMONDAN OTISH sporti bo‘yicha munosib ishtirok etdilar. Shuni alohida qayd etish kerakki, 1931-yilda Xalqaro kamondan otish federatsiyasiga asos solingan bo‘lsa, unga O‘zbekiston 1991-yil a’zo hisoblanadi. Mazkur sport turi bo‘yicha respublikamizda bugungi kunda 686 sport seksiyasi faoliyat yuritib, ulardagi shug‘ullanuvchilar soni 12 ming nafarga yetdi.
📆Eslatib o‘tamiz, chempionat 2025-yil 21-fevralga qadar davom etadi.