2025-yilning 18-20 iyul kunlari Toshkent shahrida erkaklar va ayollar o‘rtasida sportning regbi 7 turidan O‘zbekiston chempionati tur musobaqasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
✔️Mazkur musobaqada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda O'zbekiston milliy universiteti hamkorligida dual ta'lim dasturi doirasida tashkil etilgan "Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyoti" kafedrasi regbi yo'nalishida taxsil oluvchi talaba-qizlardan tashkil topgan “O‘zDJTSU, O'zMU” qizlar jamoasi munosib ishtirok etib,musobaqa yakunida faxrli 🥉uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.