Giyohvandlik — millionlab insonlar hayotiga chang solib, qanchadan-qancha oilalarni parokanda etadi va shu orqali jamiyat rivojiga jiddiy to‘siq bo‘ladi. Shu sababli dunyo hamjamiyati tomonidan, jumladan, mamlakatimizda ham bu illatga qarshi keng qamrovli kurash olib borilmoqda.
Bu bejiz emas. Chunki narkomaniya insonning sog‘lig‘iga ulkan zarar keltirib, uning hayotini butunlay izdan chiqarib yuboradigan halokat yo‘lidir. Lekin darhol harakat qilinsa, zarur choralar ko‘rilsa, giyohvandlikka chalingan bemorni qutqarib qolish mumkin.
Bu yo‘l oxirida baxt yo‘q, erkinlik yo‘q. Faqat pushaymon, jamiyatdan ajralish va abadiy iztirob bor.
Biz tanlaymiz – sog‘lom hayotni, maqsadli yashashni va kelajakka ishonch bilan yurishni. Narkotiklar emas, ilm, mehnat va muhabbat bizni kuchli qiladi.
🚫 “YO‘Q!” deyish – zaiflik emas, bu jasoratdir.
✊ Kurashamiz – har bir ong, har bir yurak, har bir hayot uchun!
🌱 Bugun sog‘lom tanlov qil, ertang porloq bo‘lsin!