#hamkorlik
📆Bugun, 21-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan O‘zbekiston voleybol federatsiyasi o‘rtasida o‘quv-mashg‘ulotlari, ilmiy-uslubiy va innovatsion texnologiyalar asosida voleybol sport turini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
✅Mazkur tadbirda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov, universitet professor-o‘qituvchilari, shuningdek, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev, O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziyev, Jamoat Xavfsizligi Departameti bo‘lim boshlig‘i Anvar Mo‘ydinjanov, Serbiyalik trener Moro Branislav hamda federatsiya xodimlari ishtirok etdi.
📍Muhokama davomida universitet va federatsiya o‘rtasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida hamkorlikni rivojlantirish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ularni nufuzli xalqaro sport musobaqalariga keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
✔️Shuningdek, o‘zaro manfaatli hamkorlikda o‘tkaziladigan mahorat darslari va maxsus mashg‘ulotlarga yetakchi xorijiy hamda yuqori malakali mahalliy mutaxassislar va sport ustalari jalb etiladigan bo‘ldi.