#davra_suhbati
✔️Maʼlumki, BMT Bosh Assambleyasining qaroriga koʻra, 1997-yildan har yili 16-noyabr – butun dunyoda “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” sifatida nishonlab kelinadi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad dunyo xalqlarini bagʻrikenglikka, tinchlikni asrab-avaylashga hamda ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikka erishishga chorlashdir.
✅Bugun, ushbu sana munosabati bilan universitetning Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi masʼullari, tyutorlar hamda Axborot-resurs markazi xodimalari ishtirokida talabalar uchun "Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📍Suhbat davomida Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti raisi S.Eshpoʻlatov tomonidan koʻpmillatli yurtimizda turli elat va diniy konfessiya vakillari, ayniqsa, yoshlarning yagona oila sifatida birlashib, tinch-totuvlikda yashab kelishayotganligi va davlat siyosatida tinchlik, totuvlik, tolerantlik bosh mezon sifatida qaralishi toʻgʻrisida fikrlar bildirildi. Shuningdek, mavzu yuzasidan oʻtkazilgan qiziqarli psixologik oʻyinlar talabalarda katta taassurot qoldirdi.