#besh_tashabbus_olimpiadasi
🖐Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasidagi "Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalarining Toshkent viloyati bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi.
👩🎓11 ta oliy oʻquv yurti jamoalaridan 400 dan ortiq talabalar ishtirok etgan ushbu musobaqada talaba-yoshlar sportning voleybol, stritbol, mini-futbol, stol tennisi hamda yengil atletika turlari boʻyicha shiddatli va qizgʻin bellashuvlarni olib bordilar.
📍Qayd etish joizki, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti terma jamoasi mazkur sport musobaqalarda doimgidek munosib ishtirok etib faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.
🧾🎁Gʻolib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
👇Yakuniy natijalar bilan tanishing:
Stritbol (yigitlar):
🥇OʻzDJTSU jamoasi
🥈Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyati filiali jamoasi
🥉Chirchiq davlat pedagogika Universiteti jamoasi
Stritbol (qizlar)
🥇OʻzDJTSU jamoasi;
🥈Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi;
🥉Angren davlat Universiteti jamoasi.
Voleybol (yigitlar):
🥇OʻzDJTSU jamoasi;
🥈Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi;
🥉Agrar universiteti jamoasi.
Voleybol (qizlar):
🥇Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi;
🥈O'zDJTSU jamoasi;
🥉Agrar universiteti jamoasi.
Stol tennisi (yigitlar):
🥇OʻzDJTSU jamoasi;
🥈Toshkent davlat agrar universiteti;
🥉Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi.
Stol tennisi (qizlar):
🥇Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi;
🥈Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti jamoasi;
🥉OʻzDJTSU jamoasi.
Yengil atletika ( aralash estafeta 4x100):
🥇OʻzDJTSU jamoasi;
🥈Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi;
🥉Toshkent davlat agrar universiteti.
Mini futbol:
🥇OʻzDJTSU jamoasi;
🥈MTTU MISiS Olmaliq filiali jamoasi;
🥉Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi.