#talaba_yugur
‼️EʼLON‼️
🏆Universitet jamoasi diqqatiga!
🏃Sizlarni ertaga, 31-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida "Talaba-yugur" loyihasi doirasida bo'lib o'tadigan navbatdagi kross yugurish musobaqasiga taklif qilamiz.
👩🎓🧑🏻💼Unda nafaqat universitetimiz talabalari, balki professor-oʻqituvchi va ishchi xodimlar ham ishtirok etishlari mumkin.
✅E'tiborlisi, mazkur musobaqa oliygoh jamoasini ommaviy tarzda yugurish sport turi bilan shugʻullanishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish, kundalik energiya sarfini yugurish orqali toʻgʻri taqsimlash hamda talaba-yoshlarni sogʻlom hayot tarafdori boʻlishga undash maqsadida anʼanaviy tarzda davom ettirilishi maqsad qilingan.
📆⏰Musobaqa vaqti: 31-oktabr kuni soat 08:00 da.
🏢Oʻtkaziladigan joy: Universitet “A” binosi hovlisi.
📍Barchani ushbu ommaviy yugurish musobaqasida faol qatnashishga chorlab qolamiz!