Har yili 28-oktabr butun dunyoda Butunjahon dzyudo kuni sifatida keng nishonlanadi.
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) bu yilgi bayram tantanalari uchun rasmiy logo hamda shior taqdim etgan. Unga ko‘ra, bugun dzyudo bo‘yicha o‘tkaziladigan barcha bayram tadbirlari «Birdamlik» shiori ostida tashkil etiladi.
Aytish lozim, dzyudo asoschisi Dzigoro Kano aynan 28-oktabr sanasida dunyoga kelgan. Ushbu sana munosabati bilan mamlakatimizning deyarli barcha hududlaridagi dzyudo sport turiga ixtisoslashtirilgan maktablarda, to‘garaklarda bayram tadbiri munosabati bilan turli musobaqalar, mahoratli sportchilarning chiqishlari, Olimpiya va jahon chempionlarining yosh sportchilarga ko‘rgazmali mashg‘ulotlari, mahorat darslari o‘tkazilishi belgilangan.