🏛 Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida mas’ul xodimlar va talabalar ishtirokida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qaratilgan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
🚒 Unda universitetning Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi xodimlari, “Chirchiqshahargaz” gaz taʼminoti, Chirchiq shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Toshkent viloyati “Hayot faoliyati xavfsizligi” hamda Chirchiq shahar Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazlari va elektr tarmoqlari korxonasi vakillari ishtirok etishdi. 👨🚒🧑🚒
🔷 Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan yaqinlashib kelayotgan kuz-qish mavsumi oldidan yong‘inlar oldini olish va is gazidan zaharlanish holatlarida zaruriy choralarni ko‘rish, shuningdek, botulizm kasalligiga chalinmaslik bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar hamda sog'lom ovqatlanishga rioya etish bo‘yicha nazariy maʼlumotlar berildi.
✅ Tadbir yakunida esa gaz jihozlaridan foydalanish xavfsizligi, is gazidan zaharlanganda birinchi yordam ko‘rsatish va sodir bo‘lgan yong‘in holatlarini bartaraf etish usullari amaliy tarzda maxsus texnikalar yordamida ko‘rsatib o‘tildi.