#universitet_hayotidan
🎾🏸🏓👨🏻🦽 2025-yil 13-iyun kuni ana shu mavzuda universitetning Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati hamda Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedralari hamkorligida imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning qiziqishi va intilishini ro'yobga chiqarish, ulardagi iqtidor va iste'dodni yanada qo'llab-quvvatlash maqsadida 1-sonli talabalar turar joyida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
🪕📝🎼Tadbir davomida Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi talabalari tomonidan she’riy namunalar o'qilib, jonli ijroda milliy kuy-qo‘shiqlar kuylandi. Ayniqsa, o‘z ota-onalariga mohirona va hayajonli bildirgan dil izhorlari tadbir ishtirokchilarining olqishiga sazovor bo‘ldi.
🎁📜Yakunda eng faol talabalar faxriy yorliq hamda esdalik sovg'asi bilan taqdirlandi.