#xalqaro_seminar
🤼Joriy yilning 13-iyun kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasining kurash zalida Panamerika qit’asi kurash federatsiyalari mutaxassislari uchun onlayn murabbiylik va hakamlik seminari o‘tkazildi.
✔️Seminar davomida Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari Nuriddin Chorshamiyev, Shuhrat Qurbonov va Feruz Bobomurodov hamda Xalqaro Kurash institutining yetakchi mutaxassislari Rizomat Soliyev va Olim Ravshanov kurash usullarini batafsil tushuntirib, har bir texnikaning to‘g‘ri bajarilishi, farqi va nozik jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
🤼Shuningdek, ushbu seminar-treningda universitetning kurash ixtisosligi talabalari ham faol ishtirok etib, murabbiylik va hakamlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirdi.
📍Ma’lumot o‘rnida, ushbu seminar ayni kunlarda Dominikan Respublikasi poytaxti Santo-Domingo shahrida bo‘lib o‘tayotgan kurash bo‘yicha Panamerika chempionatini boshqarib borayotgan hakamlar uchun tashkil etildi.