♟ Andijon viloyatida stol tennisi bo‘yicha 21 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi musobaqasida Farg‘ona va Toshkent viloyatlari jamoalari g‘oliblik shoxsupasiga ko‘tarildi.
✅ Mamlakatimizning barcha hududlaridan jamoalar ishtirok etgan kubok bahslarining erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarida Farg‘ona viloyati vakillari birinchi o‘rinni egalladi. Samarqand viloyati ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Toshkent va Buxoro viloyatlari esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
🔷 Qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda Toshkent viloyati oltin, Toshkent shahri stol tennischilari kumush medallarni, Namangan va Andijon viloyati esa bronza medallariga sazovor bo‘ldi