#ilmiy-anjuman
📊Bugun, 16-may kuni universitetda 2024-yil – Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yiliga bagʻishlab “Ilm va innovatsiya kelajak poydevori” mavzusidagi talaba va magistrantlarning ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.
✅Universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Bahrom Musayevning kirish soʻzi bilan boshlangan anjumanda kafedra bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan bir guruh iqtidorli talaba hamda magistrantlar o‘zlarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dolzarb mavzularga qaratilgan taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.
📍Jumladan, “Oʻzbekistondagi suvga sakrovchilarni 2023-yildagi musobaqa natijalari tahlili”, “14-15 yoshli sambochilarning uloqtirish texnikasini qiyosiy tahlil qilish” “Oʻzbekistonda sport menejmenti industriyasini rivojlantirishning zamonaviy yoʻllari” kabi bir qator mavzulardagi taqdimotlar koʻplab muhokama va munozaralarga sabab boʻldi.
👇Yakuniy natijalarga koʻra:
🥇1-oʻrin – Sarbon Nurillayev (sambo yoʻnalishi talabasi);
🥈2-oʻrin – Aʼzamjon Ismoilov (sport menejmenti yoʻnalishi magistranti);
🥉3-oʻrin – Marjona Islomova (suzish yoʻnalishi talabasi)ga nasib qildi.
🏆Anjuman gʻoliblari maxsus sertifikat, pul mukofati va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.