#ilmiy_seminar
Kecha, 14-may kuni universitetga “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida masofaviy sport ta’limini tashkil etish” (boks sport turi misolida) mavzusidagi Xalqaro amaliy loyiha doirasida Litva sport universiteti professori va loyiha rahbari Inga Butiene xonim va Saulius Valasevicius janoblari tashrif buyurdi.
Tashrif avvalida mehmonlar universitetning moddiy-texnik bazasi bilan tanishdi. Shundan so‘ng professor Inga Butiene tomonidan oliygoh professor-o'qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar va iqtidorli talabalar ishtirokida “Amaliyotda masofaviy ta'lim: muvaffaqiyat tarixi va muammolar” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Unda masofaviy ta’lim afzalliklari, ushbu sohada so‘nggi vatqlarda qilinayotgan o‘zgarishlar va yangi dasturlar haqida ma’lumotlar berib o'tildi.
Qizg'in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan seminar yakunida faxriy mehmonlar va universitet vakillari bir-biriga esdalik sovg‘alarini topshirishdi