#tanlov
📢DIQQAT EʼLON!
👩🎓Qadrli universitetimiz sportchi talabalari!
📝Universitetning Yoshlar siyosati va ma’naviy-tarbiyaviy ishlar boshqarmasi hamda Gandbol, regbi, chim ustida xokkey kafedrasi tomonidan talabalar o‘rtasida 9-aprel – buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Temur tuzuklari bilimdoni” mavzusidagi insholar tanlovi tashkil etildi.
🏆Talabalar o‘rtasida vatanparvarlik hissini oshirish va ularning ilmiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan ushbu tanlov joriy yilning 7-apreliga qadar davom etadi.
📆Tanlov ishtirokchilari o‘zlari tayyorlagan ijodiy ishlarni 2024-yil 8-aprel soat 12:00 ga qadar Gandbol, regbi, chim ustida xokkey kafedrasi o‘qituvchisi Bobur Hayitovga topshirishlarini so‘raymiz.
💰🗞G‘olib va sovrindorlar maxsus diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
📞Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon.: +99893 939-53-53.
👇 Quyida tanlov NIZOMI bilan batafsil tanishishingiz mumkin:
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 9-aprel buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur tavalludi munosabati bilan universitet miqyosida talaba-yoshlar oʻrtasida tashkil etilgan “Temur tuzuklari bilimdoni” mavzusida insholar tanlovini tashkil etish
N I Z O M I
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talaba-yoshlarni bugungi dunyo taʼlim standartlariga har tomonlama mos boʻlish yuzasidan taʼlim siyosati talabidan kelib chiqqan holda, 9-aprel buyuk buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur tavalludi munosabati bilan talaba yoshlarimiz oʻrtasida vatanparvarlikni oshirish, ularning ilm salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Temur tuzuklari bilimdoni” mavzusidagi “Insholar tanlovi”ni oʻtkazish maqsadida tashkillashtiriladi.
2. “Temur tuzuklari bilimdoni” mavzusidagi tanlov talaba-yoshlar oʻrtasida buyuk bobokalonimiz Amir Temur kabi mardlik, jasurlik, hissiyotini uygʻotish ilmiy salohiyatini oshirish mavzusiga qaratilgan “Insholar tanlovi”ni tashkil etish
I. Umumiy qoidalar:
3.Tanlovda universitetning bakalavr 1-3-bosqichda tahsil olayotgan
talaba -yoshlari ishtirok etadi.
4.Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tuziladi.
5.Tanlovda ishtirok etish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi, ishtirokchilar soni chegaralanmagan.
II. Tanlovni oʻtkazishning maqsadi va vazifalari
6. Insholar tanlovi mavzusiga qaratilgan tanlovini tashkil etish, yoshlarning darajasini aniqlash, iqtidorli yoshlarning jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish va oʻz iqtidorlarini namoyish etishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida oʻtkaziladi.
7. Tanlov vazifalari quyidagilardan iborat:
a) talaba-yoshlarni Sohibqiron Amir Temur tarixini yaxshi oʻrgatishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning taʼsirchanligini oshirish;
b) yoshlarimizni har tomonlama sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash, oʻz iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega isteʼdodli yoshlarni har tomonlama rivojlantirish;
c) yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak maʼnaviyatli, intellektual salohiyatli, qilib tarbiyalash;
III. Tanlovda ishtirok etish va oʻtkazish
8. “Insholar tanlovi” mavzusida tanlovini oʻtkazish boʼyicha universitetda tashkiliy qoʼmita tuziladi.
9. “Insholar tanlovi” mavzusida tanlovi universitet talaba-yoshlari oʻrtasida oʻtkaziladi.
10. “Insholar tanlovi” mavzusida tanlovi Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedra oʻqituvchisi B.Xayitovga topshiriladi (+99893 939 53 53).
11. “Insholar tanlovi” mazmuniga qaratilgan tanlovi 2024-yilning 7-aprelga qadar davom etadi.
12. Tanlov ishtirokchilari oʻzlari tayyorlagan materiallarini 2024-yilning 8-aprel soat 12:00 ga qadar topshirishlari shart.
IV. Tanlovni shartlari va baholash mezonlari
13. “Temur tuzuklari bilimdoni”mavzusida insho yozish;
14. Taqdim etilgan Insholar mavzuning badiiy, adabiy mohiyati yaxshi yoritilganligi boʻlishi zarur. Eslatib oʻtiladi har bir ishtirokchi oʻz qoʻli bilan yozilmagan ishlarni qabul qilinmaydi.
15. Fakultet nomi va guruh raqami toʻliq boʻlishi kerak.
V. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash
16. “Temur tuzuklari bilimdoni” mavzusidagi insho tanlov gʻoliblari tashkiliy qoʻmita tomonidan tanlovlar tugaganidan soʻng saralanadi.
17. Tanlov gʻolib jamoalari universitet rektorining I, II va III darajali diplomlarihamda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.