#ilimiy_seminar
‼️E’LON‼️
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yosh olimlar, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrant hamda talabalar uchun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tashkil etilgan “Sportda matematik-statistik va biomexanik tahlil” nomli ilmiy-amaliy seminar mashg‘ulotlari davom etadi.
✅Navbatdagi mashg‘ulot 2024-yil 5-mart kuni soat 15:30 da “Natijalarning absolyut va nisbiy o‘zgarishi: ularni hisoblash va grafik tasvirlash, hisoblash ishlarida o‘lchov birliklari” mavzusida olib boriladi.
⏩Manzil: “E” bino 110-auditoriya.
📌Eslatma: barcha ilmiy izlanuvchilar, magistrant hamda talabalarimizni ushbu seminar mashg‘ulotlarida faol bo‘lishga chorlab qolamiz!