#mahorat_darsi
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Futbol fakulteti tashabbusi bilan talabalar uchun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, Futbol bo‘yicha U 20 terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Xaydarov ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida R.Xaydarov tomonidan so‘nggi yillarda mamlakatimizda futbolning ommaviyligini yanada oshirish, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash, trener va hakamlarni xalqaro talablar asosida tayyorlash hamda mahoratini yuksaltirish, futbol infratuzilmasini yaxshilash singari eng dolzarb masalalarga qaratilgan taqdimot qilindi. Shuningdek, terma jamoa bilan ishlash jarayonida murabbiyga qo‘yiladigan talabalarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Yakunida talabalar, professor-o‘qituvchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar qaytarildi hamda faxriy mehmonga fakultet mas’ullari tomonidan tashakkurnoma topshirildi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur mahorat darsi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 7-apreldagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-115-son qarori ijrosi bo‘yicha o‘tkazildi.