#xalqaro_hamkorlik
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Yevropaning eng qadimgi oliy ta’lim muassasalaridan biri Rim universiteti Foro Italico vakillari o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Mahmudjon Boltabayev, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Jasur Zarifboyev, Rim universiteti rektori Attilio Parisi hamda universitet vakillari Emanuele Isidori, Marco Facilar o‘rtasida samimiy muloqot kechdi.
Muloqot davomida har ikki tomon oliygohlari haqida umumiy ma’lumotlar keltirilib, kelgusida jismoniy tarbiya va sport sohasida ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, shuningdek, o‘quv-mashg‘ulotlarni ilmiy asosda tashkil qilish, murabbiylar malakasini oshirish va o‘zaro tajriba almashish singari muhim masalalar yuzasidan fikr almashishdi.
Yakunda esa o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolash borasida takliflar bildirildi.