#ilmiy_tadqiqot
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidagi zamonaviy laboratoriya sharoitida Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda pedagog-olimlarimiz tomonidan navbatdagi tadqiqot ishlari olib borildi.
Unda Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari bitiruvchilari, og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari ishtirok etdi.
Dastlab, sportchilar laboratoriyadagi jihozlar bilan tanishtirildi. Shundan so‘ng ularning funksional holati bilan birga jismoniy holati ham o‘rganildi. Jumladan, tana tarkibi bioimpedansometriya metodi orqali o‘rganilib, qo‘l panja va bel kuchlari dinomometr yordamida o‘lchandi.
Tadqiqot yakunda esa olingan natijalar asosida sportchilarga olimlarimiz tomonidan mashg‘ulotlar davomida zarur bo‘ladigan tavsiyalar berildi.