✍️ Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Dolzarb 90 kunlik loyihasini sifatli va samarali tashkil etish, loyihani yuqori saviyada tashkil etish, shuningdek joylarda metodik hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida Toshkent viloyati hokimligi tomonidan viloyatdagi Oliy ta’lim muassasalari umumta’lim maktablariga biriktirilgan bo’lib, xususan chegara hudud Bekobod shahridagi 8-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabiga O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamkor oliy ta'lim muassasasi etib belgilangan edi.
✔️ Ayni shu hamkorlik doirasida 2025-yilning 4-iyul kuni yozgi ta’til vaqtida bolalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sog'lom turmush tarzi talablari asosida tarbiyalash hamda ularni sport turlariga jalb etish maqsadida universitet o‘qituvchisi Gulmira Karimova tomonidan maktab ma’muriyati bilan hamkorlikda sport musobaqalari tashkil etildi.
🔷 Musobaqada faol qatnashgan o’quvchilarga sport jihozlari sovg‘a qilindi.