#master_klass
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi, yaponiyalik mutaxassis Midori Xonda va murabbiy Takaya Tsutsumilar ishtirokida talaba-yoshlar uchun master-klass tashkil etildi.
Dastlab, murabbiylar universitet rektori bilan uchrashib, unda Prezidentning “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-414-son hamda 2023-yil 7-apreldagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-115-son qarorlari ijrosi hamda ayollar futbolini rivojlantirish borasida suhbat olib borildi.
Shundan so‘ng soha mutaxassislari ishtirokida o‘ziga xos master-klass o‘tkazildi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.
Yakunda faxriy mehmonlar universitet hududi bo‘ylab sayohat qilib, oliygohda talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar va Qishki sport turlari bo‘yicha simulyatsiya markazi faoliyati bilan yaqindan tanishish barobarida, kuzgi mavsum doirasidagi ko‘chat ekish tadbirlarida ham faol ishtirok etishdi.