#amaliy_trening
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xodimlari ishtirokida “Butunjahon jamg‘arish kuni” xalqaro taʼlim tadbiri doirasida “Moliyaviy savodxonlikni birgalikda oshiramiz” mavzusida amaliy trening o‘tkazildi.
Treningni universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh.Mirzanov ochib berdi. Shundan so‘ng bank xodimlari tomonidan talabalarga jamg‘arish madaniyatini shakllantirish, shaxsiy moliyaviy xavfsizlikni taʼminlash hamda moliyaviy savodxonlikning shaxs va davlat uchun ahamiyati to‘g‘risidagi zaruriy ma’lumotlar amaliy misollar yordamida tushuntirildi.
Talaba-yoshlar ham amaliy trening so‘ngida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.