Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan “Zamonaviy futbolda innovatsion texnologiyalardan foydalanish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy onlayn anjuman tashkil etildi.
Unda xorijlik mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar shuningdek, onlayn tarzda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi vakillari, futbol maktabi murabbiylari ishtirok etishdi.
Anjuman davomida zamonaviy futbol tushunchasi, O‘zbekistonda futbolchilarni saralab olishning konseptual modelini ishlab chiqish, futbol misolida sportda pedagogik va tibbiy-biologik nazoratdan foydalanishning innovatsion usullari va tayyorgarlik davridagi futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini o‘rganish kabi mavzularda taqdimotlar qilindi.
Yakunda qilingan taqdimotlar yuzasidan muhokamalar olib borildi.