Joriy yilning 22-26 oktyabr kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Ushbu nufuzli musobaqada respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan 130 nafarga yaqin sportchilar, shuningdek O‘zDJTSUning ham iqtidorli talabalari o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, universitetimizning bir qator sportchi talabalari yuqori natijalarni qayd etib, g‘oliblar safidan o‘rin egallashdi:
Ayollar o‘rtasida:
1-o‘rin – 81 kg vazn toifasida Nigora Suvonovaga;
2-o‘rin – 59 kg vazn toifasida Ozoda Xojiyevaga;
3-o‘rin – 55 kg vazn toifasida Munisa Shavkatovaga nasib etdi.
Erkaklar o‘rtasidagi 89 kg vazn toifasidagi bahsda Azimjon Abduhamidov va Azizbek Abdullayevlar 3-o‘rinni, 81 kg vazn toifasida Ramazon O‘roqov hamda G‘ayrat Eshmatovlar dast va siltab ko‘tarish mashqlarida yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib, musobaqani 4-o‘rinda yakunladi.