#talaba_yutuqlari
#Xanchjou_2022
Xanchjou–2022: Badiiy gimnastikachilarimiz qit’ada tengsiz bo‘ldi!
Xabaringiz bor, Xitoydagi yozgi Osiyo o‘yinlari tobora yakunlanib bormoqda. Sportchilarimiz esa hamon barcha sport turlarida tengiz ekanliklarini isbot qilishda davom etmoqdalar.
Quvonarlisi, badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari jamoaviy bahslarda 324.8 ball jamg‘arishga erishdi va bu natijani hech bir jamoa takrorlay olmadi hamda hamyurtlarimiz jamoaviy dasturda oltin medalni qoʻlga kiritishdi. Yurtimiz sharafini mana shunday munosib himoya qilganlar orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining badiiy gimnastika yo‘nalishi 2-kurs talabasi Taxmina Ikromova ham bordir!
Taxminani universitet jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz!
Eslatib o‘tamiz, Taxmina Ikromova yakkalik yoʻnalishida ham koʻpkurash dasturida medallar uchun kurashish imkonini saqlab qoldi.