#xalqaro_aloqlar
O‘zDJTSUning xalqaro aloqalarida yangi davr boshlanmoqda!
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Turkiyaning Erzrum shahrida joylashgan Ataturk universiteti rektori professor O‘mer Chomakli boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Dastlab, ikki tomon rahbarlarining uchrashuvi tashkil etildi va ular o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida Turkiya davlati bilan qator sohalar kabi jismoniy tarbiya va sport sohasida ham xalqaro aloqalarini yo‘lga qo‘yish, bu borada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi. Shundan so‘ng, ikki qardosh xalqlar universitetlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Yakunda esa tomonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alarini topshirishdi va delegatsiya aʼzolari oliygohda talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.