#Mustaqillik_darsi
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 1-kurs talabalari ishtirokida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida Mustaqillik darsi tashkil etildi.
Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Chirchiq shahar bo‘linmasi rahbari N.Umarova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Ahmad Nazar, universitet Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sh.Mirzanov, professor-o‘qituvchilar va mahalla faollari qatnashdi.
Aytish joizki, mazkur Mustaqillik darsida bildirilgan fikrlar nafaqat talabalarga ulkan maʼnaviy ozuqa, balki ularning orasida ijodga oshno yoshlarning kashf etilishiga ham xizmat qildi. Shuningdek, shoir Ahmad Nazar tomonidan aytilgan sheʼr va kuylangan qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilarining olqishiga sazovor bo‘ldi.
Yakunda esa o‘z ijod namunalaridan parcha keltirgan talaba yigit-qizlarga shoir qalamiga mansub kitoblar taqdim etildi.