#Birinchi_ kurs_maktabi
#tanishtiruv_haftaligi
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Yakkakurash sport turlari fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida Mustaqillik darsi tashkil etildi.
Dars davomida fakultetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan muovini S.Eshpo‘latov hamda Taekvondo WTF nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsenti L.Ma’murovalar tomonidan talabalarga mustaqillik tufayli erishilgan yutuqlar va yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida taqdimot qilindi. Shuningdek, mas’ullar universitet ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tushintrishlar berib, o‘quv jarayoniga oid boshqa zaruriy ma’lumotlarni ham aytib o‘tishdi.