Joriy yilning 15-iyun kuni Malayziyaning Nilay shahrida para velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi.
Quvonarlisi, musobaqining ilk kunidayoq uch nafar hamyurtimiz sonrindorlar qatoridan o‘rin oldi. Ularning orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari – S3 klassida Avazxon Palvanov oltin, hamda S5 klassida Boymurod Yavqochevlar kumush medallarni qo‘lga kiritishdi.
Sportchilarimizni erishgan g‘alabalari bilan qizg‘in qutlaymiz!
Ma’lumot o‘rnida, mazkur qit’a birinchiligi 2024-yil Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolarini taqdim etishi bilan yanada katta ahamiyatga egadir.