Ayni vaqtda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Murakkab-texnik sport turlari nazariysi va uslubiyati kafedrasi mudiri I.Karimov, kafedra o‘qituvchisi S.Suleymanova hamda Adaptiv jismoniy tarbiya va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) L.Sobirovalar Rossiya Federatsiyasining P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universitetida 144 soatlik ilmiy stajirovkani o‘tashmoqda.
Jumladan, Adaptiv jismoniy tarbiya va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi L.Sobirova adaptiv jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga, ushbu yo‘nalishdagi sport turlari bo‘yicha ikki universitet vakillari o‘rtasida fikr va tajribalar almashinilib, golbol sportida qo‘llaniladigan vosita hamda usullar samaradorligi yuzasidan tajribalar amaliyoti o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur ilmiy amaliyot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.