Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyar vazirligining 2023-yil 17-fevraldagi 23-son buyrug‘iga muvofiq attestatsiya va akreditatsiya jarayonlari boshlandi.
Ayni vaqtda esa universitet faoliyatini tashqi baholashga jalb etilgan ekspert komissiyasi tomonidan universitet tashkiliy-faoliyatining samaradorligi, fakultetlar kesimida ma’naviy-ma’rifiy faoliyat hamda me’yoriy-uslubiy hujjatlarning ta’lim jarayoniga tadbiq etilish holatlari yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur jarayon joriy yilning 27-may kuniga qadar davom etadi.