Xabaringiz bor, joriy yilning 25-27 aprel kunlari Qo‘qon shahrida O‘zbekiston hamda Qirg‘iz Respublikasi talabalari o‘rtasida “Talabalar spartakiadasi” sport musobaqalari bo'lib o'tdi.
Unda ishtirokchilar sportning mini-futbol, voleybol, streetbol, badminton, belbog‘li kurash, og‘ir atletika, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha o‘zaro bahs olib borishdi.
Ahamiyatlisi, unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universisitetining 34 nafar iqtidorli sportchi talaba-yoshlari ishtirok etib, shundan 27 nafari 1-o‘rin, 5 nafari 2-o‘rinni egalladi hamda 2 nafar talabamiz esa mazkur sport musobaqalarida hakamlik qilib borishdi.
Barcha sportchi talabalarimizni qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!