Hurmatli, universitetimiz professor-o‘qituvchilari, magistrantlari hamda talabalar!
2023-yil 13-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Madaniyat saroyida “O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning zamonaviy muammolari va yechimlari” mavzusida ILMIY-AMALIY ANJUMAN bo‘lib o‘tadi.
Ushbu anjumanda oliygohimizning eng kuchli ilmiy-tadqiqotchilari tomonidan sportni rivojlantirishdagi yangi innovatsion loyihalar va IT texnologiyalari, sportchilarning turli ekstremal sharoitlar hamda musobaqalardagi ko‘rsatkichlarini aniqlash kabi ham qiziqarli, ham dolzarb bo‘lgan mavzularda taqdimotlar qilinishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan barcha professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda magistrantlarni mazkur anjumanga taklif etib, unda faol ishtirok etishlarini so‘rab qolamiz!
Anjuman boshlanish vaqti: 10:00;
Ma’lumot uchun telefon: +99890 440 92 55.