Qadrli Sportchilar oilasining jonkuyar jamoasi hamda ilmga chanqoq va har sohada yetakchi aziz talaba-yoshlar!
Barchangizni joriy yilning 15 aprel kuni soat 10:00 da O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti Madaniyat saroyida Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda “Seni sog‘indik, bahor!” nomli kinoaksiyasi va 🎬«Kinokarvon» loyihasi doirasida bo‘lib o‘tadigan “Kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuv”ga taklif etamiz.
Mazkur ijodiy uchrashuvda ko‘pgina elimiz suygan sanʼatkorlar ishtiroki kutilmoqda. Qolaversa, qiziqarli shoularga boy badiiy kecha ham sizlarga manzur bo‘lishiga ishonchimiz komil!
Ming marta eshitgandan ko‘ra, bir marta kelib ko‘rishingizni maslahat beramiz!