#õzmaqsadlaringnibil
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Yangilanayotgan Konstitutsiya – o‘zimizniki!” shiori ostida navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkent viloyati sudi raisining o‘rinbosari, iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hayʼati raisi A.Ikramov, sudyalar X.Karimov, A.Ibragimova, Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining raisi A.Xayitboyev, sudya A.Payg‘amov, universitet Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori N.Dusanov, Tibbiyot fakulteti dekani G‘.Sultonov, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va harbiylar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida sudyalar tomonidan ishtirokchilarga insonning qadr-qimmati va shaʼni ustuvor maqsad qilib olingan, bir necha bosqich davomida ishlab chiqilgan, eng muhimi izchil hamda puxta o‘ylangan Bosh qomusimizning yangi tahrirdagi moddalar mohiyati, shuningdek, shaxslarning barcha yo‘nalishlardagi huquqlari va erkinliklari aniq tarzda kafolatlanayotganligi bo‘yicha qimmatli maʼlumotlar berildi.
Yakunda esa masʼullar talabalar va professor-o‘qituvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berish bilan birga, ularni joriy yilning 30 aprelida bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga undadilar.