Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Futbol fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi bo‘yicha navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
Unda universitetning Sport huquqi, ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi dotsenti B.Jahongirov tomonidan inson va uning manfaatlari hamda huquqlarini o‘zida aks ettiruvchi konstitutsiya tushunchasi va oldinda kutilayotgan referendum haqida taqdimot qilindi.