Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Sen aziz va muqaddassan, mo‘tabar ayol!” nomli tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida oliygoh rektori, professor M.Boltabayev boshchiligdagi rahbariyat jamoasi barcha ayol ustozlar, xodimalar va talaba-qizlarni bahor va nafosat bayrami bilan samimiy tabriklab o‘tishdi.
Shundan so‘ng elimiz suygan san’atkor va so‘z ustalari ishtirokidagi kuy qo‘shiqlar hamda yumorga boy badiiy qism barchaning olqishiga sazovor bo‘lib, bu xursandchilik jozibali raqslarga ulanib ketdi.
Bayram tadbirining yakunida esa universitetda faoliyat olib borayotgan bir guruh fidoiy va zahmatkash ayollarga tashakkurnomalar topshirildi.