1-tur kutilganidek qizg‘in tarzda o‘tdi va unda barcha jamoalar faol ishtirok etishdi. Quyida jamoalardagi umumiy holat bilan ta’nishishingiz mumkin.
Futbol fakultetining “Football 1” jamoasi bu turda juda yaxshi natijani qayd etib peshqadam bo‘lib oldi.
O‘tgan yilgi Zakovat turnirida 3-o‘rinni egallagan “Kometa” jamoasi ham bu yilgi turda o‘zini ko‘rsata boshladilar.
“Football 2” jamoasi yuqoridagi jamolar singari ancha yaxshi natija qayd etdi. “Lider”, “Avitsenna”, “Forward” jamoalari esa 4-o‘rinni egallab turishibdi.
Bu yilgi turnirning yangi jamoasi hisoblangan Tibbiyot fakultetining “Gippokrat” jamoasi 1-turni yaxshi darajada boshladi. Ishonamizki, bu jamoa oldindagi turlarda yuqori natijalarni ko‘rsatishadi.
“Psixolog” va “Oskar” jamoalari 1-turda 3 baldan jamg‘arib 8-o‘rinni qayd etishdi.
“Renessans” jamoasi esa o‘zlarining bor bilimlarini ko‘rsatishga harakat qilishdi. Biroq ushbu jamoadan keyingi turlarda faolroq bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.
Yana bir bor barcha jamoalarga keyingi o‘yinlarda omad tilaymiz!