Xabaringiz bor, joriy yilling 30-yanvaridan 5-fevraliga qadar dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda muvofoqiyatli ishtirok etgan oliygohimizning Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dzyudo yo‘nalishi talablari musobaqa davomida yuqori o‘rinlarni zabt etib borishdi. Unga ko‘ra, sportchi talabalarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush hamda 6 ta bronza medallarni qo‘lga kiritishdi.
Ahamiyatli jihati, mazkur musobaqada universitetning Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsenti B.Djumanov hakamlik qilib bordi.