Xabaringiz bor, ayni kunlarda Qirg‘iziston Respublikasning «Orlovka» tog‘-chang‘i dam olish maskanida tog‘ chang‘isi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston kabi terma jamoalar ishtirok etib, g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda.
Yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan hamyurtlarimiz orasida O‘zDJTSU talaba-yoshlarining ham borligi quvonarlidir. Jumladan, oliygohning Qishki sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari: Gayupov Arman 2 ta bronza, Nazarov Medet kumush va bronza, Kovaleva Valeriya kumush hamda 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa 5-fevralga qadar davom etadi.