Bugun Almada shahrida dzyudo bo‘yicha Portugaliya Gran-pri musobaqasi start oldi.
Eng quvonarlisi, unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti dzyudo ixtisosligi talabasi hamda O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Muhriddin Tilovov (-66 kg) hal qiluvchi final bellashuvida musobaqaning yetakchilaridan biri bo‘lgan An Baul (Janubiy Koreya)ni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Mazkur natija bilan Tilovov qimmatli ochkoga ham ega bo‘ldi!
Kun qahramoniga aylangan talabamizni bugungi g‘alabasi bilan universitet jamoasi qizg‘in tabriklab qoladi!